Jahon

Zelenskiy Turkiyadagi muzokaralar uchun asosiy shartlarni ochiqladi

Ukraina Rossiya bilan asirlar almashuvi va o‘t ochishni to‘xtatishni muhokama qilmoqchi.

Zelenskiy Turkiyadagi muzokaralar uchun asosiy shartlarni ochiqladi

 

Zelenskiy Istanbuldagi bo‘lajak uchrashuvda qanday masalalarni ko‘tarishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Liberation nashriga bergan intervyusida Turkiyada bo‘lishi mumkin bo‘lgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda qanday muhim masalalarni muhokama qilishni rejalashtirayotganini ochiqladi.

 

Zelenskiy fikriga ko‘ra, uchrashuv ramziy tusda emas, balki real natijalarga olib keluvchi bo‘lishi lozim. “Agar Istanbulda Putin bilan uchrashuv o‘tkazilsa, biz bu jarayondan siyosiy yutuq bilan chiqishimiz zarur: o‘t ochishni to‘xtatish, barcha harbiy asirlarni almashish yoki shunga o‘xshash muhim kelishuvga erishishimiz kerak”, — dedi Ukraina yetakchisi.

 

U, shuningdek, Ukraina va Rossiya o‘rtasida ishonch yo‘qligi sababli muzokaralarda xalqaro vositachilarning ishtiroki muhimligini ta’kidladi. Zelenskiyning fikricha, AQSh bunday vositachilik rolini muvaffaqiyatli bajara oladi.

 

Uchrashuvga AQShning prezidenti Donald Tramp ham jalb qilinsa, bu Putinni Istanbulga kelishga undashi mumkinligini bildirdi. “Agar Putin bu uchrashuvga kelmasa, bu uning uchun to‘liq mag‘lubiyat kabi ko‘rinadi”, — dedi Zelenskiy.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Zelenskiy Turkiyadagi muzokaralar uchun asosiy shartlarni ochiqladi | Zamon.uz