Andijonda o’g’irlangan pullar MIB orqali egasiga qaytarildi
Voyaga yetmagan bola kelinoyisining uyiga kirib, sandiqdan pullarni o’g’irlagan.

Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi voyaga yetmagan shaxs kelinoyisining yashash xonadoniga yashirincha kirib, uydagi sandiq qulfini buzib, ichidagi pullarni o‘g‘irlagan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida voyaga yetmagan shaxsdan 3 280 000 so‘m va 50 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi tomonidan unga nisbatan 60 soat majburiy jamoat ishlari tayinlanib, olib qo‘yilgan pullar egasiga qaytarilishi belgilangan.
Majburiy ijro byurosi Andijon tuman bo‘limi xodimlari tomonidan viloyat IIBning depozit hisob raqamida saqlanayotgan, undiruvi uchun belgilangan 3 858 000 so‘m pul egasiga topshirildi.







