Jahon

COVID-19 ning yangi to'lqini Osiyoda tarqalmoqda

Singapur va Gonkongda ogohlantirish e’lon qilindi.

COVID-19 ning yangi to'lqini Osiyoda tarqalmoqda

 

Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlarining yangi to‘lqini qayd etilmoqda. Xususan, Xitoyning Gonkong maxsus ma’muriy hududi va Singapurda infeksiyalar soni keskin oshgan.

 

Sog‘liqni saqlash organlari ma'lumotiga ko‘ra, so‘nggi oylar davomida virus yuqtirganlar soni barqaror ravishda o‘sib bormoqda. Bu esa vaqt-vaqti bilan yangi kasallik to‘lqinlarining yuzaga kelishiga olib kelmoqda. Gonkong va Singapur rasmiylari aholiga emlash kurslarini yakunlashni, ayniqsa, zaif guruhlar uchun kuchaytiruvchi (booster) dozalarning ahamiyatini yana bir bor eslatmoqda.

 

13-may kuni Gonkong Yuqumli kasalliklar bo‘limi rahbari Ou Jiazhong RTHK telekanaliga bergan intervyusida, hududda COVID-19 bilan kasallanish “yetarlicha yuqori darajaga” yetganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, 2024-yil aprelidan beri eng ko‘p kasallanish holatlari aynan o‘tgan hafta qayd etilgan. Kasalxonalarga murojaatlar soni ham ortib bormoqda, oqova suvlardagi virus izlari esa yana yuqori darajada aniqlanmoqda.

 

COVID-19 tarqalishining oldini olishda ilgari samarali choralar ko‘rgan Singapur ham hozirda yangi to‘lqinga tayyorlanmoqda. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi may oyida, yil davomida ilk marta yangilangan statistikani e’lon qildi. 27-apreldan 3-maygacha bo‘lgan haftada kasallanish 28 foizga, kasalxonaga yotqizishlar esa 30 foizga oshgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.