Jahon

Fransiyadagi hayvonot bog'ida odamlarni yashin urdi

Hodisa oqibatida 13 kishi jarohat olgan.

Fransiyadagi hayvonot bog'ida odamlarni yashin urdi

2025-yil 14-may kuni Fransiyaning janubi-sharqida joylashgan Barben hayvonot bog‘ida kuchli chaqmoq tushishi oqibatida 13 nafar kishi tan jarohati oldi. Hodisa soat 15:00 atrofida Salon-de-Provans shahri yaqinidagi ochiq hududda sodir bo‘ldi.

 

Chaqmoq tushganidan so‘ng hududda kichik yong‘in yuzaga kelgan. Bush-dyu-Ron departamentining 46 nafar qutqaruvchisi hodisa joyiga zudlik bilan yetib borib, 15 kishini xavfli zonadan evakuatsiya qildi.

 

Jarohatlanganlardan biri, Germaniya fuqarosi bo‘lgan ayolning ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda – u reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Yana 12 kishi, jumladan, to‘rt nafar bola ham shifoxonaga olib ketilgan.

 

Hayvonot bog‘i ma’muriyati voqea vaqtida hayvonlarga yoki bog‘ infratuzilmasiga zarar yetmaganini bildirgan. Shunga qaramay, xavfsizlik nuqtai nazaridan bog‘ vaqtincha yopilgan. Hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

 

Fransiya ob-havo xizmati mamlakatning bir nechta hududida kuchli momaqaldiroq xavfi saqlanib qolayotganini ma’lum qilgan va "sariq" darajadagi ogohlantirish bergan. Fuqarolarga ochiq joylardan saqlanish, momaqaldiroq vaqtida yopiq binolarda qolish tavsiya etilmoqda.

 

Mahalliy hukumat va qutqaruv xizmatlari voqea yuzasidan vaziyatni nazorat qilib, jabrlanganlarga zarur yordam ko‘rsatmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Fransiyadagi hayvonot bog'ida odamlarni yashin urdi | Zamon.uz