Grenlandiyada AQShning maxfiy yadro bazasi aniqlandi
NASA Grenlandiya muzligi ostida AQShning Sovuq urush davridagi yadro bazasini topdi.

NASA olimlari tomonidan yangi radar texnologiyasi sinovlari chog‘ida kutilmagan kashfiyot amalga oshirildi — Grenlandiyaning muzli qatlamlari ostidan AQShning Sovuq urush davrida qurilgan, uzoq yillar davomida maxfiy saqlangan Camp Century yadro bazasi aniqlangan.
2024-yil bahorida, NASA mutaxassislari muz ostini “ko‘ra” oluvchi ilg‘or radar tizimini sinovdan o‘tkazish chog‘ida, yuz metrlab qalin qor va muz ostida yashiringan harbiy inshootlar va tunnellar tarmog‘ini aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, bu ob’ekt AQShning Sovuq urush yillaridagi strategik yadroviy bazasi — Camp Century bo‘lgan.
Camp Century 1959-yilda AQSh va Sovet Ittifoqi o‘rtasidagi geosiyosiy keskinlik kuchaygan bir davrda tashkil etilgan. Rasmiy ravishda baza Arktikada omon qolish texnologiyalarini sinash maqsadida yaratilgan tadqiqot markazi sifatida tanitilgan. Ammo ma'lumotlarga ko‘ra, uning asl vazifasi ancha chuqurroq edi — bu yerda Sovet hududiga yetib boruvchi 600 tagacha o‘rta masofali ballistik raketalarni joylashtirish rejalashtirilgan edi.
Ammo muzlikning doimiy harakati, tarkibiy o‘zgaruvchanligi va beqarorligi sababli loyiha 1967-yilda rasman to‘xtatilgan. Harbiylar bazani tark etganida, infratuzilmaning asosiy qismini muz ostida qoldirishgan.
Ushbu kutilmagan topilma nafaqat tarixiy haqiqatlarni ochib bermoqda, balki global iqlim isishining muzlik ostidagi xavfli yadro meroslarini yana muhokamaga olib chiqmoqda. Ayni paytda Camp Century nafaqat Sovuq urushning muzli sharpasi, balki muzliklar ostidagi unutilgan xavf sifatida ham baholanmoqda.







