Kanadada kuchli o‘rmon yong‘inlari kuzatilmoqda
Yong'in natijasida minglab aholi evakuatsiya qilinmoqda.

Kanadaning Manitoba provinsiyasida avj olgan o‘rmon yong‘inlari ikki insonning hayotiga zomin bo‘ldi. Huquq-tartibot organlarining xabar berishicha, Lac du Bonnet tumanidagi Vendigo yo‘li yaqinida ikki kishining –bir erkak va bir ayolning jasadi topilgan.
Viloyatda hozirda 24 ta faol o‘rmon yong‘ini qayd etilgan bo‘lib, ularning umumiy maydoni 103 ming gektardan oshgan. Yong‘in xavfi sababli mingga yaqin mahalliy aholi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Rasmiylar yong‘in o‘chirish ishlarini davom ettirmoqda, ammo kuchli shamol va quruq ob-havo ishlarni murakkablashtirmoqda.
Mahalliy hokimiyat fuqarolarni hushyor bo‘lishga va zarur hollarda evakuatsiya qilish ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilishga chaqirmoqda.







