Afg‘onistonda TikTok foydalanuvchilari hibsga olinmoqda
Avvalroq shaxmat o‘yini taqiqlangan edi.

Afg‘onistonda TikTok va geymerlik platformalaridan foydalanuvchilar hibsga olinayotgani haqida Khaama Press axborot berdi. Bu choralar Ezgulikni targ‘ib qilish va yomonlikning oldini olish vazirligi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Vazirlik matbuot kotibi Sayfulislom Haybar e’lon qilgan videorolikda ikki TikTok foydalanuvchisi qilgan ishlaridan afsusda ekanini bildirgan. Ulardan biri — bloger Horun Pakora TikTok orqali ayollar bilan muloqot qilganini tan olgan.
Ma’lumot uchun, avvalroq Afg‘onistonda shaxmat o‘yiniga ham taqiq joriy etilgandi.







