Falastinlik qochqinlar soni 7 millionga yetdi
Bu haqida Falastin Prezidenti ma'lumot bergan.

Falastin Prezidenti Mahmud Abbosga ko‘ra, hozirda dunyo bo‘ylab, xususan G‘azo, G‘arbiy Sohil (Sharqiy Quddus bilan birga), Iordaniya, Livan va Suriyadagi qochqinlar lagerlarida yashayotgan falastinliklar soni 7 million kishiga yetgan.
“Hamma joyda — ayniqsa G‘azo sektori va mintaqadagi qochqinlar lagerlarida — millionlab falastinliklar azob-uqubat chekmoqda,” — dedi Mahmud Abbos.
Uning aytishicha, Isroilning harakatlari genotsidga teng va asosiy maqsad — falastinliklarni G‘azo sektoridan butunlay siqib chiqarish.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Falastinni ozodlik zonasiga aylantirish rejasini tilga olgan edi..







