Tramp BAA davlat ordeni bilan taqdirlandi
Mukofotni unga BAA prezidenti topshirdi.

Birlashgan Arab Amirliklarida AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp mamlakatning yuksak davlat ordeni bilan taqdirlandi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mukofotni Tramp BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning o‘zidan qabul qilib olgan.
Mazkur orden Trampning BAA bilan aloqalarni mustahkamlashdagi hissasi hamda mintaqaviy barqarorlikka qo‘shgan salmoqli hissasi uchun topshirilgani ta’kidlandi.
Taqdirlash marosimi samimiy muhitda o‘tgan bo‘lib, tomonlar kelgusidagi hamkorlik istiqbollari haqida ham fikr almashgan.







