Jahon

Yaponiyada irqiy kamsitish muammosi keskinlashmoqda

Yapon restoranining qarori ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in bahsga sabab bo‘ldi.

Yaponiyada irqiy kamsitish muammosi keskinlashmoqda

 

Yaponiyaning Osaka shahridagi restoranlarning birida xitoylik mijozlarga xizmat ko‘rsatmaslik to‘g‘risida chiqargan qarori keng jamoatchilik noroziligini keltirib chiqardi.

 

Restoran eshigiga osilgan yozuvda Xitoydan kelgan mehmonlarga xizmat ko‘rsatilmasligi aniq bayon etilgan. Restoran vakillari bu qarorni ba’zi xitoylik mijozlarning “qo‘pol va tartibsiz xatti-harakati” bilan izohlashgan. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu holat yuzasidan keskin bahs-munozaralar avj olgan — ayrimlar bu qarorni tushunishga harakat qilsa, boshqalar uni ochiq kamsitish deb baholamoqda.

 

Bu Yaponiya biznes sohasida xitoyliklarga nisbatan bildirilgan ilk norasmiy sanksiya emas. 2023-yilda Tokiodagi bir restoran xitoylik blogerga “Xitoy virusi” xavfini sabab qilib, kirishni taqiqlagan edi. 2024-yil iyul oyida esa boshqa bir Tokiodagi kafe xitoylik va janubiy koreyalik sayyohlarni qabul qilmasligini e’lon qilgan.

 

Yaponiya qonunchiligiga ko‘ra, til to‘siqlari yoki kommunikatsiya muammolari asosida mijozlarga xizmat ko‘rsatishni rad etish mumkin. Biroq mamlakat konstitutsiyasida irqiy yoki milliy belgilar asosida kamsitish qat’iyan man etiladi. Shu bois, ayrim yapon yuristlari bu kabi holatlar konstitutsiyaviy normalarga zid kelishini ta’kidlamoqda.

 

Bu voqea Yaponiya va Xitoy o‘rtasidagi ijtimoiy va diplomatik munosabatlarda sezilarli taranglikni yuzaga keltirishi mumkin.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Yaponiyada irqiy kamsitish muammosi keskinlashmoqda | Zamon.uz