Finlyandiyada ikki vertolyot havoda to‘qnashdi
Voqea yuzasidan rasmiy bayonot berilmagan.

Finlyandiyaning Satakunta provinsiyasidagi Eura shaharchasi yaqinida joylashgan aerodrom ustida ikki vertolyot havoda to‘qnashdi.
Jurnalistlar ma'lumotiga ko‘ra, to‘qnashuv natijasida ikkala havo kemasi ham qulab tushgan. Satakunta qutqaruv xizmati hodisa joyiga mutaxassislar yetib kelganini va qidiruv-qutqaruv ishlari allaqachon boshlanganini ma’lum qilgan.
Shuningdek, Janubi-G‘arbiy politsiya boshqarmasi hodisaga oid dastlabki choralar ko‘rilganini, birinchi bo‘lib yetib kelgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar voqea joyida ish olib borayotganini bildirgan.
Hozircha Finlyandiyaning Favqulodda vaziyatlar xizmati rasmiy bayonot bermagan, ammo yaqin orada hodisaga oid tafsilotlar e’lon qilinishi kutilmoqda.







