Las-Vegasdagi sport zalda otishma sodir bo‘ldi
Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan.

AQShning Las-Vegas shahrida joylashgan sport zalda sodir bo‘lgan otishmada 2 kishi halok bo‘ldi, 4 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda shahar politsiyasi rasmiy bayonot berdi.
Politsiya kapitani Esmeralda Bovedaning aytishicha, voqea 16 may kuni kunduzi yuz bergan. Huquq-tartibot xodimlari voqea joyiga yetib kelganida, qurollangan erkak sportzal eshigi oldida turgan. U qochishga uringan, ammo politsiya unga qarata o‘q uzib, gumonlanuvchini qo‘lga olgan. U kasalxonada vafot etgan.
Hodisa joyida yana bir jasad topilgan. Uch kishi kasalxonaga yotqizilgan, ulardan biri og‘ir ahvolda. Yana bir jabrlanuvchi yengil jarohat bilan mustaqil ravishda shifoxonaga murojaat qilgan. Politsiya voqea yuzasidan tergov olib bormoqda.







