Vengriya AQShdan Ukraina razvedkasi haqida ma'lumot so‘radi
AQSh ushbu masalaga rasmiy munosabat bildirmadi.

Vengriya hukumati delegatsiyasi AQShning Vashington shahriga rasmiy tashrifi chog‘ida Amerika razvedka xizmatlaridan 2026-yilgi saylovlar arafasida Yevropa hududida Ukraina razvedkasi olib borayotgan buzg‘unchi faoliyat bo‘yicha ma’lumotlarni Budapeshtga yetkazishni so‘radi.
Bu tashabbus Vengriya hukumati tomonidan ichki xavfsizlikni kuchaytirish va bo‘lajak saylovlarda chet el aralashuvining oldini olish maqsadida ko‘rilgan.
Hozircha AQSh razvedka xizmatlari ushbu masalaga rasmiy munosabat bildirgani yo‘q. Mazkur murojaat ikki davlat o‘rtasidagi xavfsizlik sohasidagi hamkorlikda yangi bosqich boshlanishi mumkinligini anglatmoqda.







