Isroil Husiylar raketasini to‘xtatib qoldi
Husiylar bu hujum uchun javobgarlikni zimmasiga olgan.

Yakshanba kuni ertalab Isroil harbiylari Yaman hududidan uchirilgan ballistik raketani muvaffaqiyatli to‘xtatib qolganini ma’lum qildi. Raketa zarbasi havo hujumi ogohlantirish tizimini ishga tushirdi va mamlakatning bir nechta hududlarida sirenalar yangradi.
Husiylar guruhi bu hujum uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Ular Tel-Avivdagi Ben Gurion aeroporti tomon ikki ballistik raketa otganini aytishdi. Ushbu aeroportga avvalgi hujum 4-may kuni amalga oshirilgan edi. Natijada bir nechta odam jarohatlangan edi.
Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan ushbu guruh 2023-yil oktabridan beri Isroilga qarshi hujumlar uyushtirib kelmoqda. Husiylar, shuningdek, Qizil dengizdagi xalqaro kemalarga ham hujum qilganini, bu harakatlar G‘azo urushida HAMASga birdamlik sifatida amalga oshirilayotganini bayon qilgan.







