Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi
Jabrlanganlar va halok bo‘lganlar bor.

Meksika harbiy-dengiz kuchlariga tegishli yelkanli kema Nyu-Yorkdagi mashhur Bruklin ko‘prigi bilan to‘qnashdi. Hodisa paytida kema ko‘prikka yaqinlashgan va to‘qnashuv sodir bo‘lgani ma’lum qilindi.
Nyu-York shahar merining bayonotiga ko‘ra, to‘qnashuv natijasida 19 kishi jarohatlangan, ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Voqea joyida tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
New York Post nashri ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu halokatli hodisa natijasida 2 kishi halok bo‘lgan. Hozirda voqea yuzasidan tergov olib borilmoqda.







