Rossiya Ukrainaga rekord darajadagi dron hujumi uyushtirdi
Ukrainaga 273 ta dron uchirilgan.

18-mayga o‘tar kechasi Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi katta miqdorda dronlar bilan hujum amalga oshirildi. Ukraina Qurolli Kuchlari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, jami 273 ta dron uchirilgan.
Shulardan 88 tasi Ukraina havo mudofaasi tomonidan urib tushirilgan, 128 tasi imitatsion — ya’ni chalg‘ituvchi va soxta dronlar bo‘lgani aniqlangan. Qolgan taxminan 60 ta dron o‘z nishonlariga yetib borgan.
Hujumning asosiy zarbasi Kyiv viloyatiga to‘g‘ri kelgan. Rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, hujum oqibatida bir fuqaro halok bo‘lgan, bir nechta kishi tan jarohati olgan.
Bu — urush boshidan buyon qayd etilgan eng yirik dron hujumlaridan biri sifatida qayd etilmoqda.







