Jo Baydenga saraton tashxisi qo‘yildi
Bu haqida sobiq prezident idorasi xabar bergan.

AQSh sobiq prezidenti idorasi xabar berishicha, Jo Baydenga prostata saratoni, aniqrog‘i suyaklarga tarqalgan (metastatik) shakli tashxisi qo‘yilgan.
Siyosatchining jamoasi o‘tgan hafta u peshob chiqarishdagi muammolar sababli tibbiy tekshiruvdan o‘tgani haqida ma’lumot bergan edi. Shundan so‘ng, juma kuni unga saraton tashxisi rasman qo‘yilgan.
Hozircha Oq uy yoki Baydenning matbuot xizmati bu borada rasmiy izoh bergani yo‘q. Tibbiy muolajalar va sog‘lig‘i holati bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar kutilmoqda.







