Misr aeroportida qozog‘istonlik ayol halok bo‘ldi
Uning ustiga katta reklama taxtasi qulab tushgan.

Kecha, 18-may kuni Misrning Sharm El-Shayx xalqaro aeroportining 2-terminalida katta reklama taxtasi qulab tushishi oqibatida Qozog‘istonlik yo‘lovchi halok bo‘ldi, yana ikki kishi tan jarohati oldi. Bu haqda Misr Fuqaro aviatsiyasi vazirligi xabar berdi.
Hodisa SCAT Airlines’ning Astana yo‘nalishiga DV 2570 reysi kutayotgan vaqtida yuz bergan. Jabrlanganlar darhol
Sharm El-Shayx xalqaro shifoxonasiga yetkazilgan. Afsuski, shifokorlar sa’y-harakatlariga qaramay, ayollardan biri hayotdan ko'z yumdi. Qolgan ikki ayolning ahvoli barqarorlashgan.
Vaziyatga javoban yuqori martabali rasmiylar voqea joyiga yuborildi, xavfsizlik choralari ko‘rib chiqildi va zarur yordam ko‘rsatildi. Halok bo‘lgan ayolning o‘g‘li uchun mehmonxona joyi ajratildi, Qozog‘iston elchixonasi bilan hamkorlik olib borilmoqda. Prokuratura hodisa yuzasidan rasmiy tergov boshladi.







