Tramp Kamala Xarrisni korrupsiyada aybladi
Xarris mashhurlarga pora berishda ayblangan.

AQSh prezidenti Donald Tramp vitse-prezident Kamala Xarrisga qarshi jiddiy ayblovlar bilan chiqdi. Unga ko‘ra, Xarris mashhur shaxslarning ochiq qo‘llab-quvvatlashi evaziga ularga noqonuniy tarzda pul to‘lagan. Tramp bu holatni AQSh saylov qonunchiligini buzish sifatida baholamoqda va tegishli idoralardan tergov o‘tkazishni talab qildi.
“Truth Social” ijtimoiy tarmog‘idagi postida Tramp tanqidiy ruhda shunday dedi: “Kamala Xarris Bryus Springstinga saylovoldi tashviqoti paytida zaif chiqish qilgani uchun qancha to‘lagan? Agar u chin muxlis bo‘lsa, nega pul olgan?”
Trampning fikricha, bunday to‘lovlar shunchaki “nutq to‘lovi” ko‘rinishida yashirilgan bo‘lishi mumkin, ammo aslida siyosiy yordam evaziga mukofot bo‘lgan. Bu esa saylovga aralashish bo‘yicha amaldagi qonunlarni buzadi.
Tramp tanqidini faqat Springsteen bilan cheklab qo‘ymadi. U Beyonce, Opra Uinfri va irlandiyalik musiqachi Bono kabi mashhurlarni ham tilga oldi: “Beyonce haqida nima deysiz? Opra va Bono qancha pul oldi? Bu masalada jiddiy tergov o‘tkazilishi kerak”.
Ushbu bayonotda Tramp, mashhurlarning ishtiroki bilan Xarris sun’iy ravishda ommaviy qo‘llab-quvvatlash muhitini yaratishga uringanini, buning esa “umidsiz va qimmat tashabbus" bo‘lganini aytdi.
Tramp yakunida mashhurlarni “vatanparvar bo‘lmagan san'atkorlar” deb atab, bunday faoliyatni “buzilgan siyosiy tizimdan pul ishlab olishning noqonuniy va buzuq usuli” sifatida tanqid qildi.







