Xitoyda kuchli yomg‘ir oqibatida besh kishi halok bo‘ldi
Zhejiang va Guangdongda suv toshqini xavfi ortmoqda.

O‘tgan dam olish kunlari Xitoyning janubiy viloyatlarini qamrab olgan kuchli yomg‘irlar oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi bedarak yo‘qolgan.
Zhejiang, Fujian, Guangdong va Guangxi provinsiyalarida ob-havo xavfining “sariq” darajasi e’lon qilindi. Bu esa hududlarda suv toshqinlari va yer ko‘chkilari xavfi oshganini anglatadi.
Xitoyda ob-havo xavfi to‘rt daraja bilan baholanadi: qizil — eng yuqori, to‘q sariq, sariq va ko‘k — eng past xavf darajasi. Hozirda rasmiylar mintaqadagi kuchli yomg‘ir,suv toshqinlari va boshqa geologik ofatlar xavfi haqida aholini ogohlantirgan.
Favqulodda xizmatlar bedarak yo‘qolganlarni izlash va xavf ostidagi hududlarni nazorat qilish ishlarini davom ettirmoqda.







