Belgiya Ukrainaga harbiy yordamini kuchaytirmoqda
Kiyevga har yili 1 milliard yevro miqdorda qurol yuboradi.

Belgiya hukumati Ukrainaga har yili 1 milliard yevro miqdorida harbiy yordam ko‘rsatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Teo Franken Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va mudofaa vazirlari yig‘ilishida ma’lum qildi.
Franken, shuningdek, Belgiyaning F-16 harbiy samolyotlarini Kiyevga dastlab belgilangan muddatdan oldin yetkazib berish niyatida ekanini bildirgan.
Biroq u bu tezlashtirilgan jadval aniq qachon boshlanishi haqida tafsilot bermagan. Avvalroq Belgiya F-16 samolyotlarini 2024-yil oxiriga qadar jo‘natishni rejalashtirgan edi.







