Ispaniyada internet va mobil aloqa uzilib qoldi
Telefónica yangilanishi nosozlikka sabab bo‘ldi.

Ispaniyaning yirik shaharlari — Madrid, Barselona, Valensiya, Seviya va Bilbao aholisi internet va mobil aloqaning yo‘qligidan shikoyat qilmoqda. Ayrim hududlarda elektr ta’minotida ham uzilishlar kuzatilgan.
Movistar, Orange va Vodafone kabi yetakchi telekommunikatsiya kompaniyalari tarmoqdagi uzilishlarni tasdiqlagan. LBC radiostansiyasining xabar berishicha, muammo Telefónica kompaniyasining tarmoq infratuzilmasini yangilash jarayonidagi muvaffaqiyatsizlikdan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Telefónica mamlakatdagi ko‘plab mobil operatorlarga asosiy aloqa xizmatlarini ko‘rsatadi.
Hozircha xizmatlarning to‘liq tiklanish vaqti haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.







