Jahon

JSST moliyaviy inqirozga yuz tutmoqda

Shu sababli tashkilot xodimlarni qisqartirmoqchi.

JSST moliyaviy inqirozga yuz tutmoqda

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) moliyaviy inqiroz tufayli o‘z faoliyatida keskin qisqartirishlarga borishga majbur bo‘lmoqda. Mablag‘ yetishmovchiligi sababli tashkilot xodimlar sonini qisqartirish bilan birga, bo‘limlar sonini ham 76 tadan 34 tagacha kamaytirmoqda.

 

Bu haqda JSST Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus rasmiy bayonot berdi. Uning aytishicha, tashkilot rahbariyatining ijrochi tarkibi ham 14 kishidan 7 kishigacha qisqartirilgan.

 

Gebreyesus JSST kelgusi ikki yil ichida 500 million dollardan ortiq maosh taqchilligiga duch kelishini ma’lum qildi. Bu esa nafaqat tashkilot ichki tuzilmasiga, balki global sog‘liqni saqlash tashabbuslari va inqirozga javob choralariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

 

JSST dunyo miqyosida pandemiyalar, yuqumli kasalliklar, oziqlanish muammolari va boshqa global sog‘liq muammolariga qarshi kurashda asosiy tashkilot sanaladi. Moliyaviy resurslarning kamayishi uning bu boradagi imkoniyatlarini keskin cheklashi mumkin.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

JSST moliyaviy inqirozga yuz tutmoqda | Zamon.uz