Qozog‘istonda yirik avtohalokat yuz berdi
Hodisa oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi.

Qozog‘istonning Kostanay viloyatida Almati – Yekaterinburg avtomobil yo‘lida yuz bergan og‘ir yo‘l transport hodisasi 6 kishining umriga zomin bo‘ldi.
Viloyat politsiya departamentining ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 20 may kuni ertalab “Qayrak” chegara posti yaqinida, yo‘lning taxminan 2 km qismida sodir bo‘lgan. Ford Transit rusumli mikroavtobus haydovchisi, DAF yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
To‘qnashuv natijasida 6 kishi voqea joyida halok bo‘lgan, 5 kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilan Karabaliq tuman kasalxonasiga yetkazilgan.
Politsiya ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 345-moddasi 4-qismi bo‘yicha (ikki yoki undan ortiq kishining o‘limiga olib kelgan yo‘l harakati qoidalarini buzish) jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Ayni vaqtda hodisa joyida tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda.







