Jahon

Tramp Ukraina bo‘yicha keskin bayonotlar bilan chiqdi

Agar Ukraina bo‘yicha siljish bo‘lmasa, AQSh mojaroni tartibga solishni Yevropaga topshiradi.

Tramp Ukraina bo‘yicha keskin bayonotlar bilan chiqdi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainaning hozirgi holati va mojaro bo‘yicha bir qator keskin bayonotlar bilan chiqdi. Uning ta’kidlashicha, agar yaqin orada Ukraina masalasida sezilarli siljish bo‘lmasa, AQSh ushbu mojaroni tartibga solishdagi asosiy rolni Yevropaga topshirishi mumkin.

 

Trampning aytishicha, bu mojaro avvaldan Yevropaning muammosi bo‘lib qolishi kerak edi va Qo‘shma Shtatlar unga aralashmasligi lozim edi. Biroq u shunday holatga tushganidan so‘ng, endilikda tinch yo‘l bilan yechim topish ustuvor vazifa bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

 

  • Trampning asosiy bayonotlari quyidagicha:
  • Ukraina urushi AQShning urushi emas, u faqat tinchlikka erishishda vositachi bo‘lishga harakat qilmoqda;
  • Ukraina bilan muloqot qilish qiyin bo‘lishiga qaramay, qurol yetkazib berishni kuchaytirish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda;
  • Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirmayotganini tinchlik imkoniyatlariga ishonishi bilan izohladi;
  • Unga ko‘ra, Putin ham mojarodan charchagan va urushni to‘xtatishni xohlamoqda;
  • Trampning fikricha, AQSh allaqachon boshqa davlatlarga nisbatan rekord darajada yordam ko‘rsatgan;
  • Har qanday holatda ham AQSh askarlari Ukrainaga yuborilmaydi;
  • Yaqin 2–4 hafta ichida Ukrainaning urushni to‘xtatish yo‘lidagi harakatlari baholanadi;
  • Vatikanning muzokaralarda ishtirok etishi AQShning jarayondan chiqishini anglatmaydi;

 

U, shuningdek, bosim nuqtasiga yetilgani haqida gapirib, “qizil chiziq” mavjudligini aytib o‘tdi, biroq uning aniq mazmunini ochiqlamadi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Tramp Ukraina bo‘yicha keskin bayonotlar bilan chiqdi | Zamon.uz