Ruminiya prezidenti Ukrainaga qoʻshin yuborish gʻoyasini rad etdi
Nikushor Dan Tramp va Putin pozitsiyalarini tanqid qildi.

Ruminiyaning yangi saylangan prezidenti Nikushor Dan Ukrainaga Ruminiya qo‘shinlarini yuborish masalasiga munosabat bildirib, bu fikrni noo‘rin deb hisoblashini ma'lum qildi.
Prezident Dan o‘z pozitsiyasini quyidagicha izohladi: “Ruminiya hududida keng ko‘lamli operatsion yordam koʻrsatish – bu ha, lekin Ukrainaga tinchlikni kafolatlovchi kuchlar sifatida qoʻshin yuborish – bu yo‘q. Bu ayniqsa, Ruminiya va Rossiya o‘rtasidagi mavjud keskinlik fonida o‘ta nojo‘ya harakat bo‘ladi”, — dedi u.
Shuningdek, u AQSh prezidenti Donald Trampning Ukrainadagi mojaroga tinchlik yo‘li bilan yechim topishga bo‘lgan yondashuvini ham tanqid qildi. Danning ta'kidlashicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tinchlik shartlari “haqiqiy va amaliy emas”.
“Men yaqin orada barqaror tinchlik o‘rnatilishiga unchalik optimistik qaray olmayman”, — deya qo‘shimcha qildi Ruminiya prezidenti.







