Jahon

Tramp endi orqaga qaytyapti

AQSh Yevropaning sanksiyalarini qo‘llab-quvvatlamaydi.

Tramp endi orqaga qaytyapti

 

AQSh prezidenti Donald Tramp kutilmaganda Rossiyadan Ukrainada zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishni talab qilishdan voz kechdi. The New York Times xabariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatdan so‘ng Tramp mojaro tomonlari “o‘zlari yechim topishi kerak”ligini aytib, yangi sanksiyalar bo‘yicha Yevropaning tashabbuslarida ishtirok etmasligini bildirgan.

 

Bu qaror Germaniyaning yangi kansleri Fridrix Merts uchun jiddiy siyosiy zarba bo‘ldi. U ilgari Moskvaga nisbatan ochiqchasiga ultimatum bilan chiqqan va Tramp bilan birgalikda Ukrainani qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan sanksiyalarni kengaytirishga va’da bergandi.

 

Ammo endi Vashingtondan bunday yordam bo‘lmasligi ayon bo‘ldi. Merts, shuningdek, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Yevroittifoq Kengashi rahbari Donald Tusk kabi siyosatchilar AQShsiz qolishdi.

 

Germaniya hukumati BILD nashriga bergan izohida, Rossiyaga qarshi sanksiyalar davom etayotganini ta’kidladi. Yevropa Ittifoqi 17-sanksiya paketini ishga tushirgan, Yevrokomissiya esa energetika va moliya sohalarini nishonga olgan yangi cheklovlar ustida ishlamoqda. Biroq ushbu 17-paket Mertsning bayonotidan ancha avval ishlab chiqilgan va uning ta’siri hozircha sezilarli emas.

 

Endi esa Yevropa tashqi siyosatining samaradorligi bilan birga Germaniyaning yangi kansleri Mertsning shaxsiy obro‘-e’tibori ham shubha ostida qolmoqda. Agar va’dalangan choralar amalga oshmay qolsa, bu uning ilk yirik tashqi siyosiy muvaffaqiyatsizligi bo‘lishi mumkin.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Tramp endi orqaga qaytyapti | Zamon.uz