Xitoyda qadimiy bino tomi qulab tushdi
Hodisa oqibatida sayyohlar jabrlangan.

Xitoyning Anhuy provinsiyasidagi Fengyan shahrida joylashgan qadimiy binoda tomning qulab tushishi oqibatida bir nechta sayyoh jabrlangani ma’lum qilindi. Hodisa vaqtida binoning ostida odamlar bo‘lgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tomning qulashi sayyohlardan bir nechtasiga zarar yetkazgan. Jabrlanganlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Ma'lumot uchun, mazkur bino milodiy 1375-yilda qurilgan bo‘lib, Xitoyning madaniy merosi sifatida ro‘yxatga olingan. Hodisa yuzasidan mahalliy rasmiylar tergov ishlarini boshlagan.







