Jahon

Antarktidadagi vulqon Ispaniya harbiy bazasiga xavf solmoqda

Kuniga 80 tagacha yer silkinish holatlari ro‘y bermoqda.

Antarktidadagi vulqon Ispaniya harbiy bazasiga xavf solmoqda

 

Antarktidaning Desepshn orolida joylashgan Ispaniya harbiy bazasi jiddiy xavf ostida. Bunga o‘tmishda Chili va Buyuk Britaniyaning ilmiy stansiyalarini vayron qilgan faol vulqonning yana harakatga kelayotgani sabab bo‘lmoqda.

 

Ma'lum qilinishicha, Ispaniyaning Kadis universiteti olimi Belen Rosado boshchiligidagi vulkanologlar jamoasi oroldagi magmaning harakatini kuzatmoqda. Ularning fikriga ko‘ra, bu jarayon orol deformatsiyasiga olib kelib, vulqon og‘zining vaqti-vaqti bilan ochilib yopilishiga sabab bo‘lmoqda. Natijada Ispaniya harbiy bazasiga bevosita tahdid yuzaga kelmoqda.

 

2019–2020-yillarda vulqon faolligi xavf darajasini yashildan sariq signalga o‘zgartirgan. Agar hozirgi tendensiya davom etsa, yiliga 20 santimetrgacha siljish sodir bo‘lishi mumkin. Bu esa portlash ehtimolini kuchaytiradi.

 

Ispaniya milliy tadqiqot kengashi vakili Ramon Ortizning aytishicha, orolda kuniga 80 tagacha yer silkinishi ro‘y bermoqda. Bu, uning fikricha, katta otilish va orolni suv bosish xavfini anglatadi. Garchi joriy yilda vulqon nisbatan kamroq faollik ko‘rsatgan bo‘lsa-da, olimlar hushyorlikni yo‘qotmayapti.

 

2015-yilda ham shunday faollik kuzatilgan va xalqaro hamjamiyat tahdid haqida ogohlantirilgan edi.

 

Shunga qaramay, Desepshn oroli turistlarni o‘ziga jalb etishda davom etmoqda. O‘tgan yili Antarktidaga 125 ming sayyoh tashrif buyurgan. Issiq fumarollarli suv va Chili bazasi xarobalarida cho‘milish sayyohlar orasida mashhur. Ammo portlash xavfi hanuz real va olimlar hodisani oldindan aniqlashga harakat qilmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.