Jahon

AQSH Rossiyaga yetib bora oladigan raketani sinovdan o‘tkazdi

Bu sinov har yili rejali tarzda o‘tkaziladi.

AQSH Rossiyaga yetib bora oladigan raketani sinovdan o‘tkazdi

AQSH 21-may kuni Minuteman III rusumidagi qit’alararo ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Deutsche Welle’ning yozishicha, ushbu raketa Rossiyaga yetib bora oladigan imkoniyatga ega bo‘lib, sinov Kaliforniyadagi Vandenberg aviabazasida amalga oshirilgan.

 

AQSH Harbiy-havo kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, bu sinov har yili rejali tarzda o‘tkaziladi va mamlakatning strategik yadroviy kuchlarining ishonchliligini namoyish etish hamda ittifoqchilariga xavfsizlik kafolatini ta’minlashga xizmat qiladi. Raketa bitta Mark-21 High Fidelity jangovar kallagi bilan jihozlangan bo‘lib, Tinch okeanidagi maxsus sinov hududigacha 6 700 kilometr masofani bosib o‘tgan.

 

Minuteman III — AQSH armiyasida 1970-yildan beri xizmat qilayotgan qattiq yoqilg‘ili qit’alararo ballistik raketadir. Uning maksimal parvoz masofasi 9 500 kilometrdan ortiq, og‘irligi taxminan 36 tonna va harakat tezligi soatiga 24 ming kilometrga yetadi. Ayni paytda Qo‘shma Shtatlar bunday 400 dona raketaga ega bo‘lib, har biri uchtagacha yadro kallagini olib yurishga qodir.

 

Ushbu sinov Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning G‘arbni “uchinchi jahon urushi xavfi” bilan ogohlantirgan bayonotidan bir kun o‘tib amalga oshirildi. Medvedev Peterburg xalqaro yuridik forumida so‘zlagan nutqida G‘arb mamlakatlarining Moskvaga nisbatan olib borayotgan siyosati dunyoni global mojaroga yaqinlashtirayotganini ta’kidladi. U, shuningdek, Ukrainadagi har qanday tinchlikparvar kuchlar Rossiya uchun “qonuniy harbiy nishon” bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

AQSH Rossiyaga yetib bora oladigan raketani sinovdan o‘tkazdi | Zamon.uz