Jahon

AQSH vaqtinchalik himoya olgan migrantlarni chiqarib yubormoqchi

AQSh 700 mingga yaqin migrantni chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda.

AQSH vaqtinchalik himoya olgan migrantlarni chiqarib yubormoqchi

 

The Washington Post nashrining yozishicha, AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi hujjatlariga asoslanib, Tramp ma’muriyati mojaroli hududlardan qochib kelgan va vaqtinchalik himoya maqomida bo‘lgan qochqinlarni mamlakatdan chiqarib yuborish uchun 250 million dollarlik xorijiy yordam mablag‘larini sarflash rejasini ishlab chiqqan.

 

Rejada 200 mingdan ortiq ukrainalik va 500 mingga yaqin gaitilik migrantlar deportatsiya qilinishi mumkinligi aytilgan. Ular hozirda Bayden ma’muriyati tomonidan berilgan “vaqtinchalik muhofaza” dasturi asosida AQShda yashab kelmoqda. Shuningdek, hujjatlarda afg‘onlar, falastinliklar, liviyaliklar, sudanliklar, suriyaliklar va yamanliklar ham tilga olingan.

 

Loyihaga ko‘ra, ularni vatanlariga qaytarish xarajatlari xorijiy yordam jamg‘armasi hisobidan qoplangan bo‘ladi. Aslida esa bu mablag‘lar odatda qochqinlarga yordam ko‘rsatish yoki ularning vatani barqarorlashgach qaytarish uchun ajratiladi.

 

BMT Migratsiya tashkiloti esa bu toifadagi odamlarni vataniga majburan qaytarishni qo‘llab-quvvatlamasligini bildirgan.

 

AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi matbuot kotibi Trisha Maklaflin bu hujjatlarni “eskirgan” deb atagan va Ukraina yoki Gaitiga oid hech qanday yakuniy qaror qabul qilinmaganini ta’kidlagan.

 

Shunga qaramay, nashrning yozishicha, o‘tgan hafta Ichki xavfsizlik vazirligi va Davlat departamenti 250 million dollar mablag‘ ajratilishini nazarda tutuvchi hujjatni imzolagan. Unda deportatsiya jarayoni tasvirlangan, biroq aynan qaysi davlat fuqarolari haqida ekani ochiqlanmagan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSH vaqtinchalik himoya olgan migrantlarni chiqarib yubormoqchi | Zamon.uz