Jahon

Germaniya rekord darajadagi bankrotlikka duch kelmoqda

2024-yilda 200 mingga yaqin kompaniyalar yopilgan.

Germaniya rekord darajadagi bankrotlikka duch kelmoqda

 

Germaniyada 2024-yil davomida 196 100 ta kompaniya faoliyatini to‘xtatdi, bu esa so‘nggi o‘n yil ichida kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. Bu haqda ZEW (Evropa iqtisodiy tadqiqotlar markazi) va Creditreform kredit kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan qo‘shma tadqiqoti xabar bermoqda.

 

Statistikaga ko‘ra, bankrotlik holatlari o‘tgan yilga nisbatan 16 foizga oshgan. Mutaxassislar bu holatga asosiy sabab sifatida energiyaning qimmatlashuvi, sanoat ishlab chiqarishining qisqarishi hamda eksport hajmining zaif tiklanishini ko‘rsatishgan.

 

Inqiroz ayniqsa energiya talab qiladigan sanoat (yopilishlar 26 foizga oshgan) va yuqori texnologiyali kompaniyalar (24 foizga oshgan) uchun og‘ir bo‘ldi. Eng ko‘p zarar ko‘rgan sohalardan yana biri — kimyo va farmatsevtika: bu segmentda 360 ga yaqin korxona bankrotlikka uchragan.

 

Ekspertlar bu holatni bir nechta omillar bilan bog‘lashmoqda: global raqobatning kuchayishi, ortiqcha byurokratiya, demografik inqiroz fonida malakali ishchi kuchi tanqisligi va ichki bozordagi bosimlar Germaniyadagi tadbirkorlik muhitini izdan chiqarmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Germaniya rekord darajadagi bankrotlikka duch kelmoqda | Zamon.uz