Jahon

Qatar Donald Trampga samolyot sovg'a qildi

Uning qiymati 400 million dollarga teng.

Qatar Donald Trampga samolyot sovg'a qildi

 

Ma'lum qilinishicha, AQSh mudofaa vaziri Pit Hegset Qatarning Donald Trampga sovg‘a qilgan, qiymati 400 million dollarga teng Boeing 747 samolyotini rasman qabul qilgan.

 

Ushbu samolyot kelajakda AQSh prezidentining rasmiy layneri sifatida foydalanilishi rejalashtirilgan. Pentagon matbuot kotibi Shon Parnellning so‘zlariga ko‘ra, samolyotga prezident tashuvlari uchun zarur bo‘lgan xavfsizlik va funksional tizimlar integratsiya qilinadi.

 

Avvalroq, may oyida Qatarning Trampga “uchuvchi saroy” deb ataladigan samolyotni sovg‘a qilmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq bu havo kemasi “Air Force One” standartlariga mos kelishi uchun to‘liq qismlarga ajratilib, qayta yig‘ilishi, zamonaviy xavfsizlik, aloqa va boshqaruv tizimlari bilan jihozlanishi zarur. Bu jarayon bir necha yil va milliardlab dollar talab qiladi.

 

Qolaversa, AQSh qonunchiligiga ko‘ra, hukumat xodimlari 480 dollardan yuqori bahoga ega xorijiy sovg‘alarni qabul qila olmaydi — ular avtomatik tarzda davlat mulkiga aylantiriladi.

 

Donald Tramp esa bu sovg‘ani tanqid qilgan siyosiy raqiblarini “firibgarlar” va “omadsizlar” deb atab, tuhfa qabul qilish bo‘yicha bildirilgan e’tirozlarga javoban bunday fikrlarni rad etdi.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Qatar Donald Trampga samolyot sovg'a qildi | Zamon.uz