Jahon

Avraam Linkolnning qonli qo‘lqoplari 1,5 million dollarga sotildi

Linkolnga oid tarixiy buyumlar savdosidan jami 7,9 million dollar yig‘ildi.

Avraam Linkolnning qonli qo‘lqoplari 1,5 million dollarga sotildi

 

Chikagoda o‘tkazilgan kimoshdi savdosida AQShning 16-prezidenti Avraam Linkoln bilan bog‘liq qimmatli tarixiy artefaktlar kutilganidan ham yuqori narxlarda xarid qilindi. New York Post manbasiga ko‘ra, Linkolnning 1865-yil 14-aprel kuni — u o‘ldirilgan kechada cho‘ntagida bo‘lgan qonli qo‘lqoplari 1,5 million dollarga sotildi. O‘sha kechadagi ro‘molchasi esa 826 ming dollarga baholandi.

 

Auksionda, shuningdek, Linkoln suiqasdi bilan bog‘liq uch nafar gumonlanuvchining suratlari tushirilgan “qidiruv” plakati 762 ming dollarga xarid qilindi. 1824-yildagi daftarda yozilgan, prezidentga oid eng qadimgi qo‘lyozma namunasi esa 500 ming dollardan oshiq narxda sotildi.

 

Mazkur savdolar Freeman's/Hindman auksion uyi tomonidan Linkoln Prezident Jamg‘armasi nomidan tashkil etilgan. Jamg‘arma AQSh tarixidagi eng muhim prezidentlardan biri — Avraam Linkolnga tegishli 1500 ga yaqin artefaktni o‘z ichiga olgan kolleksiyaga egalik qiladi. Ushbu artefaktlar Kaliforniyadagi kollektsionerdan sotib olingan bo‘lib, qarzning bir qismini yopish maqsadida 144 ta buyum sotuvga qo‘yilgan.

 

Auksion yakunida 136 ta buyum sotilib, jami 7,9 million dollar yig‘ilgan. Bu mablag‘ savdoni tashkil etgan kompaniyaning komissiyasini ham o‘z ichiga oladi.

 

Avraam Linkoln 1861–1865 yillar davomida AQSh prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan. U fuqarolar urushi chog‘ida mamlakatni boshqargan va 1863-yilda qullikni bekor qilish bo‘yicha tarixiy qaror qabul qilgan. Ikkinchi muddatining birinchi oyida, Ford teatrida suiqasd natijasida halok bo‘lgan.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Avraam Linkolnning qonli qo‘lqoplari 1,5 million dollarga sotildi | Zamon.uz