Rossiya va Ukraina harbiy asirlar almashdi
Tramp tomonlarni muzokaraning ijobiy natijasi bilan tabrikladi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida yirik harbiy asirlar almashinuvi muvaffaqiyatli yakunlangani haqida e’lon qildi.
"Bugun Rossiya va Ukraina o‘rtasida katta harbiy asirlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarning ijobiy natijasi bilan har ikki tomon vakillarini tabriklayman", — deb yozdi u Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, 16-may kuni Istanbulda o‘tkazilgan uchrashuvda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari "1000 ga 1000" formatida harbiy asirlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. 22-may kuni esa tomonlar ozod qilinishi kerak bo‘lgan shaxslar ro‘yxatini bir-birlariga topshirgan.







