Vetnamda Telegram bloklanadi
Bunga firibgarlik va giyohvandlikka qarshi kurash sabab bo'lmoqda.

Vetnam hukumati 2-iyunga qadar Telegram messenjerini butunlay bloklashga qaror qildi. Bu choraga sabab sifatida platformaning jinoyatchilikka qarshi kurashda rasmiylar bilan hamkorlikdan bosh tortgani ko‘rsatildi.
Reuters'ning xabariga ko‘ra, mamlakat politsiyasi Telegramdagi 9,600 ga yaqin mahalliy kanalning 68 foizini firibgarlik, giyohvand moddalar savdosi va ayrim hollarda terrorizmga oid kontent bilan bog‘lagan.
Hukumat qarorining bajarilishi telekommunikatsiya operatorlariga yuklatilgan bo‘lib, ular bu haqda Vetnam kiberxavfsizlik departamentiga hisobot berishga majbur.







