Yevropa mamlakatlari urushga tayyor turishga chaqirildi
Niderlandiyada Yevropadagi inqirozga tayyorgarlik kuchaymoqda.

Yevropa Ittifoqining sakkiz yetakchi davlati, jumladan Niderlandiya, Boltiqboʻyi mamlakatlari, Finlyandiya, Shvetsiya, Belgiya va Lyuksemburg, bugungi geosiyosiy tahdidlar fonida fuqarolarning urush va tabiiy ofatlarga tayyorgarligini kuchaytirishga chaqirmoqda.
Bryusselda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda davlatlar vakillari inqirozga qarshi chidamlilikni oshirish, yagona ogohlantirish tizimlarini joriy etish, strategik zaxiralarni to‘plash va himoya inshootlarini rivojlantirish bo‘yicha rejalarni muhokama qilishdi. Niderlandiya Adliya vaziri Devid van Vilning so‘zlariga ko‘ra, “bugungi murakkab siyosiy muhitda katta mojaro ehtimoli real tahdidga aylangan”.
Rasmiylarga ko‘ra, harbiy ssenariylarga tayyorgarlik ko‘rish tabiiy va texnogen ofatlarga javoban imkoniyatlarni avtomatik ravishda kuchaytiradi. Niderlandiya allaqachon “favqulodda yordam punktlari” tizimini ishga tushirgan bo‘lib, bu model butun Yevropa miqyosida tatbiq etilishi mumkin.
Ishtirokchilar Yevropa Komissiyasini qit’ani tahdidlar bo‘yicha tezkor baholash ishlarini boshlashga undadi. Shuningdek, ular ba’zi davlatlarning aholi orasida vahima tarqalishidan cho‘chib, zarur tayyorgarlik choralarini ko‘rmayotganini tanqid qildi.








