Jahon

AQSh Senati Rossiyaga 500 foizlik bojlar bilan tahdid qildi

Senatorlar Rossiyaga qarshi keskin iqtisodiy choralarni taklif qilmoqda.

AQSh Senati Rossiyaga 500 foizlik bojlar bilan tahdid qildi

 

AQSh Senatida ikki partiyaviy tashabbus asosida Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar loyihasi taqdim etildi. Demokrat senator Richard Blumenthal va respublikachi Lindsey Graham ilgari surgan qonun loyihasiga ko‘ra, agar Rossiya yaqin kunlarda Ukraina bilan haqiqiy tinchlikka olib kelmaydigan shartlarni ilgari sursa, unga 500 foizlik ikkilamchi bojlar joriy qilinishi mumkin.

 

Tashabbuskorlar bayonotida aytilishicha, ushbu loyihani 81 nafar senator qo‘llab-quvvatlamoqda. Ular AQSh davlat kotibi Marco Rubio so‘zlariga tayangan holda, Rossiyaning tez orada tinchlik shartlari bo‘yicha taklif bilan chiqishini kutmoqda.

 

“Bu hujjat Rossiyaning tinchlikka qanchalik jiddiy yondashayotganini aniqlashtiradi. Agar avvalgidek noaniq va haqiqatdan uzoq takliflar bo‘lsa, Senat qat’iy choralar ko‘radi”, — deyiladi senatorlarning qo‘shma bayonotida.

 

Mazkur tashabbus Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasidagi so‘nggi muzokaralardan keyin paydo bo‘ldi. Suhbatdan so‘ng Tramp Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalarni qo‘llamasligini bildirgan, Kreml esa shartsiz o‘t ochishni to‘xtatishga qarshi chiqib, avval muzokara olib borilishini talab qilgan. Bu pozitsiyani Tramp ham qo‘llab-quvvatlagan.

 

Shunga qaramay, agar qonun loyihasi Kongressda qabul qilinsa ham, Tramp unga veto qo‘yishi mumkin. Vetoning bekor qilinishi uchun esa Senat va Vakillar palatasida uchdan ikki qism ovoz talab qilinadi — bu esa respublikachilar ustunlik qilayotgan sharoitda ancha murakkab.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSh Senati Rossiyaga 500 foizlik bojlar bilan tahdid qildi | Zamon.uz