Britaniya zo‘ravonlarga nisbatan kimyoviy kastratsiyani joriy etadi
Bu 20 ta qamoqxonada sinov tariqasida qo‘llaniladi.

Britaniya hukumati jinsiy jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan kimyoviy kastratsiya – jinsiy istakni pasaytiruvchi dorilar bilan davolash choralarini joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu chora qayta jinoyat sodir etish xavfini kamaytirish va ortiqcha yuklama ostidagi qamoqxonalarda joy bo‘shatishga qaratilgan.
Adliya vaziri Shabana Maxmud parlamentda bu usul dastlab ikki hududdagi 20 ta qamoqxonada sinov tariqasida qo‘llanilishini e’lon qildi. U, shuningdek, kelajakda bu amaliyotni majburiy qilish ehtimoli ham ko‘rib chiqilayotganini bildirdi.
Tadqiqotlarga ko‘ra, bunday davo jinoyatchilarning yana jinoyat sodir etish ehtimolini 60 foizgacha kamaytirishi mumkin. Hozirda bu usul Germaniya va Daniyada ixtiyoriy tarzda, Polshada esa ayrim hollarda majburiy asosda qo‘llanadi.







