Jahon

Endi iPhone telefonlar Amerikada ishlab chiqarilishi mumkin

Tramp ishlab chiqarish zavodlarini AQSHga ko'chirmoqchi.

Endi iPhone telefonlar Amerikada ishlab chiqarilishi mumkin

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Apple kompaniyasini iPhone smartfonlarini xorijda emas, balki bevosita AQSh hududida ishlab chiqarishga chaqirdi. Unga ko‘ra, agar kompaniya bu talablarga javob bermasa, Apple mahsulotlariga 25 foizlik boj joriy qilinishi mumkin.

 

"Men Tim Kukka (Apple bosh direktori) bir necha bor shuni aytganman: iPhone’lar Hindiston yoki boshqa joylarda emas, aynan AQShda ishlab chiqarilishi va yig‘ilishi kerak. Aks holda, ular kamida 25 foizlik boj to‘laydi", — deb yozdi Tramp Truth Social platformasidagi sahifasida.

 

Ayni paytda iPhone ishlab chiqarishning katta qismi Xitoyda amalga oshiriladi — bu mamlakat dunyo bozoriga yetkazilayotgan qurilmalarning 75 foizidan ortig‘ini ishlab chiqarmoqda. Hindiston esa so‘nggi yillarda ishlab chiqarishda sezilarli o‘sishga erishib, hozirda global iPhone ishlab chiqarishning 18 foizini tashkil qilmoqda. 2024–2025 moliya yili davomida Apple Hindistonda taxminan 14 milliard dollarlik smartfon ishlab chiqargan.

 

Trampning bu bayonoti Apple’ning yetkazib berish zanjiri va global ishlab chiqarish strategiyasiga sezilarli bosim o‘tkazishi mumkin. Kompaniya hali ushbu da’voga rasmiy munosabat bildirmagan.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Endi iPhone telefonlar Amerikada ishlab chiqarilishi mumkin | Zamon.uz