Garvarddagi xorijiy talabalar ko'chirilmaydigan bo'ldi
Avvalroq universitetda chet ellik talabalar o'qishi taqiqlangandi.

Sud Garvard universitetining xorijiy talabalarni cheklash haqidagi qarorini vaqtincha bekor qildi.
AQSh federal sudi Garvard universitetining xorijiy talabalarni qabul qilishiga nisbatan Tramp ma’muriyati joriy qilgan taqiqni vaqtincha to‘xtatish haqida qaror chiqardi. Bu qaror sudda ish to‘liq ko‘rib chiqilguniga qadar kuchda bo‘ladi.
Avvalroq Garvard universiteti bu taqiqqa qarshi Boston federal sudiga da’vo arizasi topshirgan edi. Universitet vakillarining ta’kidlashicha, xorijiy talabalarni chetlashtirish AQSh Konstitutsiyasining Birinchi tuzatmasiga zid.
Endilikda Garvardda tahsil olayotgan 7 mingdan ortiq xorijiy talaba vizasiz qolish yoki deportatsiya xavfisiz o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘ladi.







