Germaniyada ayol 12 kishini pichoqladi
Gumonlanuvchi qo‘lga olingan.

Germaniyaning Gamburg shahrida ayol pichoqli hujum uyushtirib, kamida 12 nafar odamni jarohatlagan. Ulardan uch nafari og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.
Voqea shahardagi temiryo‘l platformasida yuz bergan. Politsiya hodisa joyiga tezda yetib borib, gumonlanuvchini qo‘lga olgan. Ayolning bu hujumni nima sababdan amalga oshirgani hali aniqlanmagan.
Hodisa sababli Gamburg markaziy vokzalida barcha poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan. Politsiya voqea bo‘yicha tergov olib bormoqda.







