Rossiya armiyasi "uch karra bo‘g‘uvchi halqa" taktikasini qo'llamoqda
Rossiya bu uslubni bahorda sinab ko‘rgan.

Rossiya armiyasi Ukraina frontida yangi "uch karra bo‘g‘uvchi halqa" deb nomlangan taktikani qo‘llamoqda. Bu haqda Britaniyaning The Telegraph nashri xabar berdi.
Ushbu taktikaga ko‘ra, avval yerda hujum qilinib, Ukraina Qurolli Kuchlari joyida ushlab turiladi. So‘ngra dronlar yordamida orqaga chekinish yo‘llari yopiladi. Yakunda esa aniq mo‘ljallangan boshqariluvchi bomba zarbalari bilan yakuniy hujum amalga oshiriladi.
Bu uslub Ukrainaga og‘ir tanlovni yuklaydi — pozitsiyalarni tark etmasdan og‘ir yo‘qotishlarga uchrash yoki harakatda bo‘lib, dron va bomba hujumlariga nishon bo‘lib qolish.
Ukraina xavfsizlik va hamkorlik markazi rahbari Serhii Kuzanning aytishicha, bu strategiya butun Rossiya armiyasi tomonidan qo‘llanmoqda va “charchatish urushi” sifatida baholanmoqda. Rossiya bu uslubni erta bahorda sinab ko‘rgan bo‘lsa-da, oxirgi ikki oyda front bo‘ylab kengaytirgan.
Rossiyaning resurslar tanqisligi va ko‘plab muvaffaqiyatsiz hujumlariga qaramay, u askarlar zaxirasi va dronlar bilan boshqariladigan bombalarni tez ishlab chiqarish imkoniyatiga tayanmoqda. Ukraina harbiylari shu yil boshidan beri 1 159 ta Rossiya tanki va 2 500 dan ortiq zirhli texnikani yo‘q qilganini bildirgan.







