Rossiya migrantlarga sim-karta sotib olishni cheklamoqda
Endi migrantlar faqat bitta sim-kartadan foydalana oladi.

Hozirda Rossiyada xorijliklar o‘z nomlariga 10 tagacha SIM-karta rasmiylashtira oladilar. Biroq Davlat Dumasida bu tartibni o‘zgartirish taklif qilinmoqda. Migrantlarga faqat bitta telefon raqamiga ega bo‘lish huquqini qoldirish rejalashtirilmoqda.
Qonunchilar bu cheklov terrorizm, josuslik, firibgarlik va kiberxavflarga qarshi kurashish uchun zarur deb hisoblamoqda. Ularning fikricha, ko‘p sonli telefon raqamlari noqonuniy faoliyatni yashirish uchun qulay sharoit yaratadi.
Tegishli qonun loyihasi hozircha muhokama bosqichida bo‘lib, tasdiqlansa, bu migrantlar uchun aloqa vositalaridan foydalanishda jiddiy cheklovlarga olib keladi.







