Tailandda politsiya vertolyoti qulab tushdi
Fojia oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan.

Tailandning Prachuapxirikhan provinsiyasida politsiyaga tegishli Bell 212 rusumli vertolyot halokatga uchradi. Hodisa 24-may kuni poytaxt Bangkokdan janubda joylashgan mashhur Xuaxin kurort shahridan 40 kilometr uzoqlikda sodir bo‘ldi.
Mahalliy “Matichon” gazetasining yozishicha, halokat natijasida uch nafar ekipaj a’zosi halok bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bortda bo‘lganlardan biri parashyut yordamida samolyotdan sakrab qochishga muvaffaq bo‘lgan.
Tailand havo kuchlari va favqulodda xizmatlar zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Ayni paytda hukumat tomonidan tergov ishlari boshlab yuborilgan – halokat sabablari, texnik nosozlik yoki inson omili bor-yo‘qligi o‘rganilmoqda.







