Fransiyada minglab uylar elektrsiz qoldi
Elektr uzilishi Kann kinofestivaliga ham ta'sir qilishi mumkin.

Fransiyaning mashhur Kann shahri va uning atrofidagi hududlar elektr ta'minotisiz qoldi. BFMTV telekanalining xabar berishicha, bu uzilish Dengizbo‘yi Alp departamentidagi transformator podstansiyasida yuz bergan yong‘in tufayli sodir bo‘lgan. Hodisa natijasida minglab xonadonlar elektrsiz qolgan, shu jumladan, hozirda o‘tkazilayotgan nufuzli Kann kinofestivali dasturi ham vaqtincha to‘xtab qolgan.
Franceinfo'ning ma'lumotlariga ko‘ra, bu yong‘in tasodifiy emas, balki ataylab qilingan sabotaj harakati bo‘lishi mumkin. Tergov ishlari davom etmoqda.
Shunga qaramay, rejalashtirilgan kinofestivalning yopilish marosimi bekor qilinmaydi. Variety nashri xabariga ko‘ra, Fesitval va Kongresslar saroyi zaxira elektr manbayi orqali ta'minlanib, tadbir belgilangan vaqtda o‘tkazilishi kutilmoqda.







