Jahon

Mask siyosiy faollikdan voz kechdi

Bunga uning siyosatdan ko‘ngli qolganligi sabab bo'lmoqda.

Mask siyosiy faollikdan voz kechdi

 

Amerikalik milliarder Ilon Mask siyosiy faollikdan voz kechishga qaror qildi. Bu haqda u Bloomberg nashriga bergan intervyusida bayonot berib, “Men shundoq ham yetarlicha ish qildim”, — dedi.

 

Biroq The Washington Post gazetasi Maskga yaqin manbalarga tayanib yozishicha, bu qarorning ortida oddiygina charchoq emas, balki siyosatdan ko‘ngli qolganligi yotadi.

 

“Oxirgi bir yil davomida siyosat Mask hayotida markaziy o‘rinni egallagan edi. Ammo endilikda u bunga nisbatan qiziqishini yo‘qotgan”, — deydi manbalardan biri.

 

Gazetaning yozishicha, Mask o‘zining moliyaviy qudrati orqali AQSh siyosiy tizimiga ta’sir o‘tkazishiga ishongan. Ammo voqelik uning kutganidek bo‘lmay, bu urinishlar ko‘ngilsizlik bilan yakunlangan. Siyosiy sa’y-harakatlarining kutilgan samara bermagani Maskni umidsizlikka tushirgan.

 

Shuningdek, manbalarning ta’kidlashicha, Maskning bunday qarorga kelishida nafaqat siyosiy natijalarning sustligi, balki bu faoliyatning shaxsiy va moliyaviy xarajatlar jihatidan ortib borayotgani ham rol o‘ynagan.

 

Bundan tashqari, u o‘z xavfsizligi va oilasining tinchligi borasida tobora ko‘proq xavotir ola boshlagan. Bu esa uning siyosiy maydondan chekinish qarorini yanada qat’iylashtirgan.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.