Jahon

Rossiya-Ukaina o'rtasida mahbuslar almashinuvi davom etmoqda

Turkiyadagi katta kelishuv natijasida yuzlab asirlar vataniga qaytdi.

Rossiya-Ukaina o'rtasida mahbuslar almashinuvi davom etmoqda

 

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mahbuslar almashinuvi davom etmoqda, Rossiya asirligida bo‘lgan yana 307 nafar ukrainalik kecha yurtiga qaytarildi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bu haqda o‘zining Telegram-kanalida ma’lumot berdi.

 

“Yana 307 nafar ukrainalik vatanda. Turkiyada kelishilgan “1000 ga 1000” formatidagi almashuvning ikkinchi kuni. Atigi ikki kun ichida 697 nafar yurtdoshimizni ozod etdik. Ertaga ham bu jarayon davom etadi, degan umiddamiz”, — dedi Zelenskiy.

 

Qaytganlar orasida Ukraina Qurolli kuchlari, Davlat chegara xizmati va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari bor. Prezident barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirib, “maqsadimiz — barcha yurtdoshlarimizni asirlikdan qutqarish”, deya ta’kidladi.

 

Shuningdek, Rossiya Mudofaa vazirligi ham 307 nafar rossiyalik harbiyning Kiyev nazorati ostidagi hududlardan qaytarilganini tasdiqladi. Ular ham ushbu yirik almashinuv doirasida vatanlariga qaytarildi.

 

Eslatib o‘tamiz, 16-may kuni Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasida erishilgan kelishuvlarga binoan, 23-may kuni 270 nafar rossiyalik harbiy va 120 nafar tinch aholi vakillari Rossiyaga qaytarilgan edi. Shu asosda Kiyev ham o‘z navbatida 270 nafar harbiy asir va 120 nafar tinch fuqaroni qabul qilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.