Xitoyda odamsimon robotlar jangi o'tkazildi
Jangda robotlar sun’iy intellekt orqali boshqarilgan.

Xitoyda o‘tkazilgan texnologiya yarmarkasida tomoshabinlarni hayratga solgan hodisa yuz berdi: ikkita odamsimon robot ilk bor sun’iy intellekt asosida boshqariladigan jangda ishtirok etdi. Bu voqea “Pressorbe” nashrining “X” (avvalgi Twitter) platformasidagi sahifasida e'lon qilingan.
Robotlar maxsus jihozlangan arenada bir-biriga qarshi qo‘yilgan. Har bir robot o‘zining harakatlarini real vaqtda sun’iy intellekt orqali muvofiqlashtirib, dushmanining strategiyasiga mos ravishda javob qaytargan. Jang yarmarka mehmonlari uchun nafaqat tomosha, balki texnologik yutuq sifatida katta qiziqish uyg‘otdi.
Bu kabi tajribalar insoniy robotlar (humanoidlar) sohasida jadal rivojlanayotgan sun'iy intellekt, motorika va mashina o‘rganish texnologiyalarining real hayotdagi amaliyotga qadam qo‘yganini ko‘rsatmoqda. Mutaxassislar fikricha, bunday simulyatsion janglar kelajakda robotlar xavfsizlik, mudofaa va hatto sport sohalarida qanday ishlatilishini sinovdan o‘tkazish uchun tayyor maydon bo‘lib xizmat qiladi.







