Avstraliyada kuchli toshqinlar kuzatilmoqda
30 mingdan ortiq aholi izolyatsiyada qolgan.

Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatida yuzaga kelgan kuchli suv toshqinlari tufayli kamida 32 ming nafar fuqaro izolyatsiya qilingan.
Rasmiylarning ma’lum qilishicha, toshqinlardan eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlarda qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Favqulodda vaziyatlarga qarshi kurashish uchun 200 kishilik avariya-qutqaruv brigadalari safarbar etilgan.
Hozircha to‘liq izolyatsiyaga tushib qolgan 14 ta shahar ro‘yxatga olingan.
Mahalliy hokimiyat aholiga hushyorlik va ehtiyot choralariga amal qilishni tavsiya qilmoqda. Mintaqada ob-havo sharoitlari hali ham beqarorligicha qolmoqda.







